DEFLYATSIYA

DEFLYATSIYA (iqtisodiyotda) , dezinflyatsiya — inflyatsiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul mikdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.). Statistik jixatdan Deflyatsiya muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, Deflyatsiyani davlatlar pul islohoti arafasida oʻtkazadi. Mas, Buyuk Britaniyada 1925-y. pul islohotidan 2 yil oldin — 1923-y. da muomaladagi pullar 541 mln. funt sterlingdan 378 mln. funt sterlinggacha kamaytirilgan. 2-jahon urushidan keyin koʻpgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul mikdorini kamaytirish, tovar narxining oʻsishini susaytirish va b. tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda yangi soʻm muomalaga kiritilgunga qadar (1994-y. 1 iyul) D. tadbirlari amalga oshirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x