DAVR

DAVR (musiqada) — 1) Oʻrta asr Sharq musiqa nazariyasida usul, ritmik tuzilma maʼnosini bildiruvchi tushuncha; 2)davriya — Yevropa musiqa taxlilida tugal yoki nisbatan tugal musiqiy fikrni bayon qiluvchi shakl tuzilmasi. Odatda musiqa asarining boshlangʻich qismi, yoxud biror parchasini tashkil qiladi. Oʻxshash (hatto takrorlanuvchi) jumlalardan iborat boʻlib, keyingi musiqa jarayonida rivoj topadi. Baʼzan, butun musiqa asari (prelyudiya, romans kabi kichik pyesalar) bir Davr bilan chegaralanadi (yana q. Musiqa shakli).

Ad.: Vaxromeyev V., Muzikaning elementar nazariyasi, 2-nashri (maxsus muharrir T. Gʻafurbekov), T., 1980.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x