Davlat dasturi: taʼlim tizimida qanday yangi mexanizmlar joriy qilinadi?

Davlat dasturi taʼlim tizimida qanday yangi mexanizmlar joriy qilinadi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

2021-yil uchun qabul qilingan Davlat dasturida, avvalo talaba yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilgan.

Dasturda shu sohada koʻzda tutilgan ayrim bandlarga diqqat qaratadigan boʻlsak, kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar talabaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti ajratilishi yoshlar siyosatida juda adolatli qarordir. Avvalgi tizimda Prezident stipendiyasini talaba bir yil davomida oxirgi kursda olgan boʻlsa, endilikda talaba butun oʻqish davrida ushbu Prezident grantiga ega boʻladi. Hayotiy tajriba shuni koʻrsatdiki, bu imkoniyat bilan stipendiya olish uchun korrupsion holatlar paydo boʻlishining oldi olinadi. Buni joriy qilish uchun ochiq maʼlumotlarni nazarda tutuvchi yagona elektron reyestrning shakllantirilishi esa shaffoflikni va adolatni taʼminlashda xizmat qiladi.
Davlat grantlarining 25 foizga oshirilishi hamda ehtiyojmand oilalar farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun 2 baravar grant ajratilishi ham yoshlarning oliy maʼlumotli boʻlishi, mamlakat yoshlarining kelajagi, ilm-fan kelajagi uchun qoʻyilgan katta qadamdir.
Ikkinchi eʼtiborli bir jihat shuki, Dasturda OTMlarida ikki va undan ortiq farzandi taʼlim olayotgan oilalarga taʼlim kreditini talaba oʻqishni tugatgandan soʻng qaytarish imkoniyati berilmoqda.
Davlat dasturida akademik taʼtil masalasida ham yengilliklar berilayotganligini aytib oʻtmoqchiman. Akademik taʼtil davrini endilikda talaba ixtiyoriga koʻra sirtqi yoki masofaviy taʼlim turiga almashtirib, mustaqil taʼlimni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladi. Yaʼni uning taʼlim olishida uzilish boʻlmaydi. Ahamiyatlisi, akademik taʼtildan qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirgan fanlaridan qayta oʻqitish amaliyoti bekor qilinmoqda.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni davom ettiruvchilar uchun ham Dasturda yaxshi yangiliklar aks etgan. Yaʼni, ilmiy unvon va ilmiy darajalarni berish vakolati 2021-yilning 1-sentyabridan boshlab bosqichma-bosqich oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlariga oʻtkaziladi. Bu esa xorijiy amaliyotga ham toʻliq mos keladi. Shuningdek, izlanuvchilar oldiga sunʼiy toʻsiqlar qoʻyilishining oldini olish, mamlakat ilmiy salohiyatini oshirishning muhim omilidir.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashda biz – xalq vakillari ham tizimli ishlarni olib boramiz.
Gulbahor SAIDGʻANIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi

Manba: Xs.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x