DAVLAT ChEGARASI

DAVLAT ChEGARASI — davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan oʻtadigan vertikal sath shu davlatning xavo chegarasi hisoblanadi. Xalqaro xuquqqa binoan qushni davlatlar oʻrtasidagi Davlat chegarasi shartnoma tartibida belgilanadi. Davlat chegarasini belgilash 2 bosqichda amalga oshiriladi: chegarani delimitatsiya qilish (D. ch. yoʻnalishini belgilash va uni shartnomaga ilova qilinadigan xaritaga tushirish) va chegarani demarkatsiya qilish (chegara belgilari yordamida joyda chegarani belgilash).

Oʻzbekiston Respublikasi D. ch. ni belgilash, oʻzgartirish, himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi munosabatlar «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida»gi qonun (1999-y. 20 avg.) bilan tartibga solinadi. 2000-y. 1 yanv. dan kuchga kirgan ana shu qonunga kura, Davlat chegarasini belgilash va oʻzgartirish OʻzRning xalqaro shartnomalariga asosan OʻzR Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi joylarda anik, koʻrinib turadigan chegara belgilari b-n koʻrsatib qoʻyiladi. Chegara belgilarining shakllari, oʻlchamlari va ularni oʻrnatish tartibi qonun hujjatlari hamda OʻzRning xalqaro shartnomalari b-n belgilanadi. Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni oʻtkazish belgilangan oʻtkazish punktlari orqali amalga oshiriladi. Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona nazorati va nazoratning boshqa turlarini amalga oshiruvchi hududlar belgilanadi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoʻshimcha rejim qoidalari joriy etiladi. Davlat chegarasi rejimini taʼminlash uchun chegara oldi zonasi va chegara oldi mintaqasi belgilanadi. Chegara oldi zonasi — D. ch. ga tutash hududning bir qismi boʻlib, u D. ch. ga tutash tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul hududi doirasida belgilanadi. Chegara oldi mintaqasi — chegara oldi zonasining Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismi boʻlib, u bevosita Davlat chegarasi boʻylab, uning kuruklik uchastkalarida yoki chegara boʻyi daryolari, koʻllari va b. suv havzalari qirgʻogʻi boʻylab oʻtkaziladi. Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash boʻyicha maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitadir. Davlat chegarasi rejimiga rioya etilishiga doir masalalarni hal qilish, chegara nizolarini tartibga solish maqsadida Davlat chegarasining muayyan uchastkalariga mazkur qoʻmitaning raisi OʻzRning chegara vakillarini tayinlaydi.

Shoyenbek Karimboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x