DASTURXON — 1) taom tanovul qilish uchun toʻshaladigan maxsus mato; 2) turli taom, meva-cheva va noz-neʼmat tuzab qoʻyilgan stol;
3) toʻy, bayram va b. mehmondorchilikka mehmon olib boradigan sovgʻa, taom. Mas, palov tayyorlash uchun zarur masalliq, yaʼni oshning xomi; somsa, qand-qurs, patir, qatlama, non va b.