DASTUR — 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi;
2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni;
3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi;
4) teatr, konsertlar va b. tomoshalarda chiqish navbatlari, ijrochilar, ishtirok etuvchi shaxslar roʻyxati.