DARI TILI

DARI TILI — gʻarbiy, sharqiy eroniylar (forslar, afgʻonlar va b.) adabiy tili. 9-a. oxirlari va 16-a. boshlarida hoz. Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, qisman Markaziy Osiyo va Shim.-Gʻarbiy Hindiston hududlarida tarqalgan. Sharqning koʻp shoirlari, xususan Rudakiy, Hofiz, Sheroziy, Umar Xayyom, Nosir Xisrav, Bedil, Nizomiy Ganjaviylar shu tilda ijod qilgan. Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy D. t. da yozgan sheʼrlaridan devon tuzgan («Devoni Foniy»). D. t. ni forsiy dari, forsiy deb ham ataganlar. Dari tili eroniy boʻlmagan xalqlar tomonidan ham ri-vojlantirildi va takomillashtirildi. Shunga koʻra, u baynalmilal — xalqlararo aloqa tili tavsifiga ega boʻldi. 15-a. 2-yarmidan boshlab Dari tili siyosiy va b. ijtimoiy sabablar bilan differensiatsiyalandi, 20-a. ga kelib 3 koʻrinishga ega boʻldi (fors adabiy tili — Eronda; tojik adabiy tili — Tojikistonda; adabiy Dari tili — Afgʻonistonda). Hoz. Dari tili Afgʻonistondagi ikki rasmiy tilning (pushtu tili bilan bir qatorda) biri. Bu til avval «Afgʻonistonning fors tili» yoki «forsi-kobuli» deb atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x