DARGʻIN TILI

DARGʻIN TILIdargʻinlar tili. Dogʻiston tillari guruhiga mansub. Dogʻiston hududidagi 5 tuman (Akushin, Daxalayev, Qaytogʻ va b.) hamda b. tumanlardagi baʼzi qishloqlarga tarqalgan. Dargʻin tilida taxm. 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillari Dogʻiston shoxobchasiga kiradi. Birbiridan keskin farq qiluvchi dialektlarga ega. Mas, akusha, uraxa (boshqacha atalishi xyurka), sudaxan, sirxa, munra, kubacha, qaytogʻ (haydogʻ). Soʻnggi ikki dialektga baʼzan mustaqil til sifatida ham qaraladi. Adabiy Dargʻin tiliga akusha dialekti asos boʻlgan. Fonetikasi yumshoq tanglay va kichik til ishtirok etadigan, tomoq va boʻgʻiz undoshlari mavjudligi bilan farqlanadi. Leksikasida tub soʻzlardan tashqari boshqa (arab, fors, turkiy, rus) tillardan oʻzlashgan soʻzlar koʻpgina. 20-a. 20-y. larigacha yozuvga ega boʻlmagan, dastlab arab grafikasi asosidagi yozuv qabul qilingan, soʻng lotin (1928—38), undan keyin (1938-y. dan boshlab) kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x