DARBON

DARBON (fors — darvozabon, eshik soqchisi) — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda eshik yoki darvoza sokchisi, darvozabon. Qoʻrgʻon, qalʼa yoki shahar darvozalari belgilangan vaqtda Darbonlar tomonidan ochilgan yoki yopilgan. Darbonlar darvozadan kiruvchi yoxud chiquvchilarni nazorat qilgan. Darvoza oldida kishilar, otaravalar toʻplanib qolishining oldini olgan.

2) Buxoro amirligida saroy xizmatchisi; Buxoro hayotini zimdan kuzatib, poytaxt xavfsizligini taʼminlab turuvchi harbiy qism va tegishli qurolyarogʻlar mutasaddisi (boshqaruvchisi). Darbon ixtiyorida zindon yoki Arkda qamalgan mahbuslar ham boʻlgan; amirlik uchun xavfli hisoblangan jinoyatchilarni soʻroq qilgan. Darbon toʻpchiboshi yoki «toʻpchi boshiyi Arki oliy» ham deb atalib, qushbegi bilan ikkalasi har qanday vaziyatda ham Arkni tark etmasliklari lozim boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x