Buni keyinroq bajaraman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?» Bu gaplar qanchalik ko’p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o’sha «keyin» ham qachondir kelishi kerak-ku! Ungacha uyingizdagi yumushlar yig’ilib qoladi-ku!
Nima yo’qotayotganingizni o’ylab ko’ring. Til o’rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo’q joydan janjal chiqib, ko’ngil xira bo’ladi.
O’zingizga rag’batlantiruvchi omil toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o’zib ketibdi-ku! Xasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang!
Diqqatingizni chalg’itmang. Muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi? «Butun dunyo o’rgimchak to’ri»ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
Oldingizda turgan ishlar juda ko’p bo’lsa, ularni qismlarga bo’lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo’lgach, qolgani cho’t bo’lmay qoladi.
Siz ishlayotganizda o’zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg’itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko’ring.
O’zingizga ish yig’mang. Masalan, ba’zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o’sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o’rnatishdan ko’ra uni saqlab turish osonroq.
O’zingiz kabi o’zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o’zingizni kattaroq ishlarni bajarishga rag’batlantirasiz.
Maslahatlarni shu joyigacha o’qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Natijalar ko’zga tashlanishi bilan yutuqlarni o’zingizga-o’zingiz sovg’a qilib mustahkamlang.
loading…