Izzat-nafs – birovlarning ustidan kuluvchi til yoki mutakabbirona harakat qilish emas. Balki izzat-nafs – qiymatingni pasaytiradigan barcha narsalardan uzoq boʻlishingdir.
*****
Inson – tuproqdan yaratilgan, tuproq ustida yashaydigan, tuproqdan yaratilganlar bilan muomala qiladigan va tuproqqa qaytadigan mavjudotdir.
*****
Balogʻat bilan soʻzlash – hozirjavoblik bilan toʻgʻri soʻzlashdir.
*****
Uzr soʻrash – odamlarning qalblariga oʻtish pasportidir.
*****
Sir – uni koʻtarib yuruvchining boʻynidagi omonatdir.
*****
Dangasalik – charchamay turib dam olishga oʻrganib qolishdir.
*****
Umr – uzaygani sari qisqaradigan narsa.
*****
Shirin soʻz – insonlarning qalblari oʻrtasidagi nozik, muloyim koʻprik.
*****
Ona – biz hayotda topgan, tabassumi chin, gʻazabi yumshoq boʻlgan yagona qalb sohibasi.
*****
Malaka – oʻtgan hayotingda bir necha marta takrorlab, oʻrgangan narsang.
*****
Mish-mish – oyogʻi yoʻq, lekin vahimali tarzda harakatlanadigan narsa.
*****
Chin doʻstlar – ularni topish ham qiyin, yoʻqotish ham qiyin, unutish ham qiyin.
*****
Sen – butun olamga nisbatan oddiy bir shaxssan. Lekin qaysidir shaxsga nisbatan butun olamsan.
*****
Doʻst – eskalatorga oʻxshab, sening yo tepaga chiqishingga, yo pastga tushishingga sabab boʻladi. Qaysi birini tanlash sening qoʻlingda.
Feysbukdagi “Hayotning narigi yuzi” sahifasidan
Nozimjon Iminjonov
tarjimasi
https://saviya.uz/ijod/nasr/dangasalik-charchamay-turib-dam-olishga-organib-qolishdir/