DANBURIT

DANBURITbor silikatlarining kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ca[B2Si2O8]. AQSHning Danburi koni (Konnektikut shtati) nomidan. Romb singoniyali. Kristallari prizma shaklida. Qattikligi 7—7,5. Zichligi 3,0 g/sm3. Rangi sargʻish, och jigarrang, qoramtir va rangeiz. Skarnlarda datolit, aksinit, piroksen va granatlar bilan birga, choʻkindi togʻ jinslarida esa dolomit, osh tuzi, gips, angidrit, gidroboratsit, kotoitlar bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Qurama, Olay toglari va Hisor togʻining jan. etaklarida uchraydi. Q. x. da mikroele-mentli oʻgʻit sifatida ishlatiladi. Germaniya (Brandenburg), Shveysariya, AQSH (Nyu-York shtati), Meksika, Yaponiya, Rossiya (Primorye oʻlkasi)da topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x