DANANG

DANANG — Vyetnamning markaziy qismidagi shahar. Kuangnamdanang provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 382,6 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Jan. Xitoy dengizining Danang buxtasi sohilidagi yirik port (Xoshimindan keyin 2-oʻrinda). Transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi, oziq-ovqat va yengil sanoat, mexanika, kauchuk i. ch., plastmassa, qurilish materiallari, ip va ipak gazlama korxonalari, muzey bor. D. yaqinidan koʻmir va oltin qazib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x