DAMMAM — Saudiya Arabistonidagi shahar. Sharqiy viloyatning maʼmuriy markazi. Aholisi 600 ming kishidan ziyod. Fors qoʻltigʻidagi port. Mamlakatga keltiriladigan yukning 70%i shu port orqali oʻtadi. Arriyod — Dammam t. y. ning oxirgi st-yasi. Kimyo, poʻlat eritish, oyna-shisha, qogʻoz, sement sanoati korxonalari, un-t bor. Baliq ovlanadi.
Dammam — Fors qoʻltigʻi gaz-neft havzasining gaz-neft koni (1938-y. da ochilgan) markazi.