DAMKOʻL — Markaziy Fargʻonaning shim. qismidagi botqoqlik. Gʻarbdan sharqqa 20 km gacha, shim. dan jan. ga 6 — 8 km ga choʻzilgan. Soʻx-Shohimardon sugʻorish sistemalarining tashlandiq suvlaridan hosil boʻlgan. Allyuvial yotqiziqlardan loy, qum koʻp. Oʻtloqi botqoq, oʻtloqi va torfli tuproqlar tarqalgan. Damkoʻlda qiyoq oʻsib yotadi. Botqoqlik quritilib sholi, poliz ekinlari, paxta ekilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые