Post Views:
208
DALVARZINTEPA – arxeologik yodgorlik (mil. boshlari – 15-asr). Bekobod tumanidagi Jumabozor qishlog‘ida joylashgan. Arab geograflari (10-asr), Bobur (15-asr) tomonidan qayd qilingan Iloqdagi shahar – Xos o‘rnida bo‘lgan (E.Yu.Buryakova, 1966). Dalvarzintepa – beshburchak shaklidagi ulkan qal’a (maydoni 1 gektar) balandligi 10 m dan ortiq. Qal’a mustahkam mudofaa devori, burjlar bilan o‘ralib, shimoliy qismida maxsus istehkom va janubiy tomondan kiriladigan darvozasi bo‘lgan. Qisman saqlangan shahriston maydoni 11–12 gektar. Qazishma ishlari olib borilmagan bo‘lsa-da, milodning boshlaridan 14–15-asrlargacha bo‘lgan davrga oid sopol idishlar, milodning dastlabki asrlariga mansub kichik tanga xazinasi to‘plangan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/dalvarzintepa-2/