DALA SICHQONLARI

DALA SICHQONLARI (Microtinae) – xomyaklar oilasining kenja oilasi, baʼzan alohida oila sifatida karaladi. Tanasining uz. 10—12 sm, baʼzi turlari 36 sm gacha. Kurak va oziq tishlari doimo oʻsib turadi. Shim. yarim shardagi barcha qitʼalar va orollarda tarqalgan. Yil davomida faol hayot kechiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. 43 turi maʼlum. Dala sichqonlariga lemminglar, ondapgralar, koʻrsichqonlar, kulrang Dala sichqonlari s, suv sichkrnlari va b. kiradi. Asosan oʻsimliklarning yer ustki qismi bilan oziqlanadi, baʼzi turlari oziq gʻamlaydi. Koʻpchilik turlari tulyaremiya, leptospiroz va b. kasalliklar mikroblarining tabiiy tashuvchisi hisoblanadi yoki ekinlarga ziyon keltiradi. Ondatralar va suv sichqonlari muynasi uchun ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x