DALA GʻOZI (Anser fabalis Lathem) — gʻozsimonlar turkumi oʻrdaklar oilasiga mansub qushlarning bir turi. Vazni 2,75—4,5 kg. Boshqa gʻozlarga nisbatan koʻproq quruqlikka moslashgan. Yerda yengil yuradi va tez yuguradi, suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Dala gʻozi Yevrosiyoning hamma hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda uchib oʻtish davrida uchraydi. Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz va Qora dengiz sohillarida hamda Oʻrta Osiyoda (Zarafshon vodiysining quyi qismida) qishlaydi. Suv yaqinidagi quruq joylarga, orollarga uya quradi. Uyaga 3—6 (odatda 3—5 ta) tuxum qoʻyadi. Tuxumlarni modasi taxm. 25 kun bosadi. Dala gʻozi ochib chiqqan joʻjalarni yirtqich qushlardan xavfsizroq joyga koʻchiradi. Joʻjalari 1,5 oyda uchirma boʻladi. Yiliga bir marta tullaydi. Shu davrda koʻp miqdorda ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые