DAKTILOSKOPIYA (yun. daktylos – barmoq, skopeo — qarayman) — qoʻl barmoqlari uchidagi teri izlariga qarab, shaxsni aniqlash usuli. Bu izlar ariqcha va doʻngalak shaklidagi nozik chiziqlardan iborat boʻlib, yoysimon, sirtmoqli va gajakdor naqshlar hosil qiladi. Ular har bir shaxsda oʻziga xos, boshqalarda qaytarilmaydigan, umrbod oʻzgarmaydigan, zararlansa qayta tiklanadigan xususiyatlarga ega. Daktiloskopiyadan bir yarim asrdan buyon deyarli barcha mamlakatlarda jinoyatchilarni roʻyxatga olish va qidirib topish vositasi sifatida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые