DAHLAR

DAHLAR, daylar — qadimda hoz. Turkmanistonning jan., shuningdek, Oʻzbekistonning bir qismida yashagan qabilalar. Dahlar dastlab Kserks ning mil. av. 486—480-y. larga oid bitigida qayd etilgan. Tarixchi Berosnnyat yozishicha, Kir II Oksus (Amudaryo) boʻylarida yashovchi koʻchmanchi Dahlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan. Dahlar Aleksandr (Iskandar Maqduniy) ning Oʻrta Osiyoga yurishi (mil. av. 330—327) ga oid voqealarda ham tilga olingan. Baʼzi fa-razlarga koʻra, D. Spitamennn Aleksandrga tutib berganlar. Mil. av. 3 — mil. 1—2-a. lardagi yozma manbalar asosan, Dahlarni Kaspiy dengizining jan.-sharqiy qirgʻogʻida yashovchi aholi sifatida qayd etadilar. Dahlarning shim. da derbiklar yashashgan. Dahlar aparnlar (parnlar), ksantiylar va pissurlar kabi urugʻlarga boʻlingan. Atrek va Sumbar daryolarining quyi havzasi oʻrta asrlarda Dahiston — D. mamlakati deb nomlangan.

Ad.: Rtveladze E., Velikiy shelkovыy put, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x