DAFNA YAPROGʻI

DAFNA YAPROGʻIdafna daraxtining quritilgan bargi, xushboʻy hidli ziravor; Tarkibida 3% gacha efir moyi bor. Pazandachilikda ishlatiladigan Dafna yaprogʻi toʻq yashil, och yashil rangda, kalta bandli, mazasi taxirroq. Suyuq va quyuq ovqatlarga, shoʻrvalarga solinganda (suyuq ovqatlarga ovqat pishishidan 5 min. oldin, quyuq ovqatlarga 10 min. oldin) oʻziga xos taʼm va xushboʻylik beradi, sous va marinad va tuzlamalarga qoʻshiladi; gʻoz, oʻrdak, baliq goʻshtlari, shuningdek, uringan goʻshtlar hidini yoʻqotishda, konserva va qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Tuzlashda 100 kg karamga 3—4 dona yaproq ishlatiladi. Tibbiyotda jigar va taloq shishlarida foydasi katta, qulanj (ich qotishi)da ham isteʼmol qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x