CHXONJIN, Chxonchjin KXDRning shim. sharqiy qismidagi shahar. XamgyonPukto provinsiyasining maʼmuriy markazi. Ahrlisi 520 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari) . Transport yoʻllari chorrahasi. Yapon dengizi sohilidagi muzlamaydigan port. Mamlakatning yirik qora metallurgiya markazi. Mashinasozlik (kemasozlik, stanoksozlik, konchilik jihozlari, q. x. mashinalari i. ch.), toʻqimachilik (jumladan, sunʼiy ipak), kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые