Post Views:
119
CHUVALACHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan (20-asr boshi). Hozir Chuvalachi hududida bir qavatli turar joy binolari saqlangan. Chuvalachi ko‘chasi mavjud.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/chuvalachi-2/