Chumchuqvoy

Bor ekan-u, yo‘q ekan. Bir uyning bo‘g‘otida chumchuq oilasi yasharkan. Ota bilan ona palaponlarga galma-gal ovqat tashishar ekan…
Chumchuq bolalari asta-sekin mayin pat chiqarishibdi. Keyin qalin patlar kiyib olishibdi. Bir kuni eng katta chumchuq bola tavakkal qilib inidan sakrab yerga tushibdi. Uning hech qayeri og‘rimabdi.Chunki u sekin tushibdi. Uning sekin tushishiga qanotlari yordam beribdi. Chumchuqchaning o‘z holicha ovqat yeyayotganini ko‘rib ota-onasi xursand bo‘libdi.
Buni ko‘rgan boshqa chumchuq bolalari ham inidantushib kelishibdi. Ota-onasi ular oldida „chiriq-chiriqchiriq“ deb parvona bo‘libdi. Bu „chiriq-chiriq“ degani „yashanglar, bolalarim“, degani ekan.
Shu tarzda oradan bir necha kun o‘tibdi.Bir kuni Ahmad degan bola qo‘lida rogatka bilan
kelib qolibdi. U tekkanga tegib, tegmaganga kesakotadigan bola ekan.
Ahmadning daraxtda shoxdan shoxga qo‘nib, qurtqumursqa terib, yayrab o‘ynab yurgan chumchuqlarni ko‘rib g‘ashi kelibdi. U rogatkasidan ona chumchuqni mo‘ljallab tosh uchiribdi. Buni eng katta chumchuq bola sezib qolibdi. U ko‘ksini qalqon qilib, onasini to‘sibdi, lekin tosh zarbidan shu zahoti pitirlab yiqilibdi.
Ahmad sevinib: „Tegdi, tegdi!“ – deb qichqiribdi.
Lekin o‘ziga qarab irillab kelayotgan itni ko‘rib qochib qolibdi. Ona chumchuq bolasi oldida gir-gir
aylanibdi. Bolasining bir oyog‘i singan ekan. Chumchuqcha bir necha bor „chiriq-chiriq“ debdi. Bu:
„Onajon, meni dunyoga keltirdingiz, boqdingiz, o‘stirdingiz. Siz uchun jonimni berishga tayyorman“, degani ekan.Shu payt it chumchuqchani asta labiga qisibdida, egasi Rahimjonning oldiga olib boribdi. Rahimjon darrov chumchuqchaning oyog‘iga cho‘p bog‘labdi. Uni yashikka solib boqibdi. Ona chumchuq ham ovqat keltirib turibdi. Hozir chumchuqcha tuzalib ketganmish. Endi u o‘zi mustaqil yasharmish. Lekin har kuni onasiga salom berib, Rahimjonga rahmat aytib o‘tishni sira unutmasmish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x