CHULIMLAR, chulim tatarlari — Chulim daryosi (Ob daryosi irmogʻi)ning oʻrta va quyi oqimi boʻylarida yashovchi turkiy guruh. Chulimlar Sibir xonligi qulagach, Sharqqa tomon siljigan ayrim turkiy qavmlar, qisman teleutlar va Yenisey qirgʻizlarining selkuplar va ketlarning mayda guruhlari bilan aralashuvi natijasida 17 — 18-a. larda shakllangan. Chulimlar oʻtroq hayot tarzi kechirib, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Chulimlar ajdodlari xakaslar va ruslar bilan aralashib ketgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые