CHUKOTKA YARIM OROLI — Osiyo ning shim. sharkidagi yarim orol. RF Magadan viloyatida. Mayd. 49 ming km2. Shim. Amerika (Syuard ya. o.)dan Bering boʻgʻozi orqali ajralgan. Yarim orolda Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi — Dejnev burni joylashgan. Chukotka yarim oroli Bering dengizining Anadir boʻgʻozi va Chukotka dengizi bilan oʻralgan. Qirgʻoqlari qoʻltiqlar bilan kuchli kesilgan. Katta qismi Chukotka togʻliklari bilan band. Unda koʻplab botiklar orqali birbiridan ajralgan gumbazsimon qirlar mavjud. Yer yuzasining oʻrtacha bal. 400 — 500 m, eng baland yeri jan. da (Isxodnaya togʻi, 1158 m). Chukotka yarim orolining katta qismi tundra oʻsimliklari bilan qoplangan. Foydali qazilmalari — oltin, qalay, volfram va b.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые