CHUKOTKA DENGIZI — Shim. Muz okeanining chekka dengizi; Osiyo bilan Shim. Amerika qirgʻoqlari yaqinida. Sharqda Bofort dengizi, jan. da Bering boʻgʻozi orqali Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashib turadi. Mayd. 595 ming km2. Oʻrtacha suv hajmi 51 ming km3. Koʻp qismining chuq. 25—50 m dan 200 m gacha. Eng katta qoʻltikdari: Kolyuchi (Osiyo) va Kotsebu (Shim. Amerika). Yirik orollari: Vrangel, Gerald, Kolyuchi, Puffin. Iqlimi Arktikaga xos. Qishda shim. sharkiy shamollar esib, havo trasi —20°, —30° ga, ayrim vaktlarda esa —42°, —49° gacha pasayadi. Yezda koʻproq shim. shamollar esib, iyulning oʻrtacha trasi dengiz ustida 7°, 13°, qirgʻogʻida 26° gacha koʻtariladi. Qishda suvning trasi —1,7°, —1,8°, shoʻrligi 32,5—33,5%o, qirgʻoq yaqinida 24%s dan 27%s gacha. Yezda suv yuzasida (ochiq dengizda) shoʻrligi 28— 32%», trasi 3°dan 7° gacha koʻtariladi. Chukotka dengiziga Bering boʻgʻozi orqali Bering dengizidan iliq oqim (suv), aksincha, shim. sharqsan Sharqiy Sibir dengizidan sovuq oqim kirib keladi. Qishda Chukotka dengizi muz bilan qoplanadi. Dengizda suv qalkishi yarim sutkalik (0,9 m gacha). Sovuq suv sharoitiga moslashgan oʻtlar, ayniqsa, dengiz karami koʻp usadi. Hayvonlardan morj, tyulen, nerpa, muzlarda oq ayiq, baliqlardan xarius, navaga, goles, qutb treskasi bor. Yezda dengiz sohillarida oʻrdak, gʻoz, gaga, chagʻalay kabi qushlar yashaydi. Chukotka dengizidan Shim. dengiz yoʻli oʻtadi, eng katta porti — Uelen (Chukotka ya. o. da). Dengiz sohillarida bir necha kichik portlar, qutb styalari joylashgan. Aholisi baliq va dengiz hayvonlarini ovlash, bugʻuchilik, morj suyagidan badiiy buyumlar yasash bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые