CHUHRA OQOSI — hukmdor shaxsiy gvardiyasi, xos soqchilar — chuhra boshligʻi. Chuhra oqosi lavozimiga hukmdor eʼtiborini qozongan shaxslar tayinlangan va ular saroyni qoʻriqlashga masʼul hisoblangan. Mavqeiga koʻra, Chuhra oqosi yasovul hamda jarchi safida turgan. Chuhra oqosiga bakovul va sharbatdor kabi amaldorlar mavqeiga ega boʻlgan chuhraboshi boʻysungan. Harbiy yurishlarda ishtirok etish uchun jalb qilingan Chuhra oqosi oʻn boshi (dahboshi) vazifasini bajargan. Xonliklar tugatilgach, Ch. o. lavozimi ham barham topdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые