CHU DASHTI — Oltoy tog sistemasining jan. sharqidagi dasht. Chu daryosining yuqori oqimida, 1750—2000 m. balandlikdagi togʻlar oraligʻida. Gʻarbdan sharqka 70 km, shim. dan jan. ga 40 km ga choʻzilgan. Yer yuzasi toʻlkinsimon tekislik. Iklimi keskin kontinental. Kishi sovuq. Yanv. ning oʻrtacha trasi —31,7°. Eng past tra —53°. Yozi qiska, salkin. Yogʻin kam (102 mm). Kor qoplami juda yupqa (10 mm). Abadiy muzliklar tarqalgan. Kashtan tuproqlarda dasht va chalachoʻl oʻsimliklari (shuvok, betaga, izen va b.) usadi. Chu daryosi qayirida oʻtzorlar bor. Kemiruvchilardan: yumronqoziq, dala sichqonlari, quyon, boʻrsiq va b. yashaydi. Chu dashti orqali RF dan MXR ga Chu avtomobil yoʻli oʻtgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые