CHOYXONA, samovar — choy ichib tamaddi qilinadigan, hordiq chiqariladigan jamoat joyi. Issiq iqdim va sharoit takrzosi bilan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Oʻtroq xalklarda qadimdan (arablar istilosidan ilgari ham) Choyxona kabi qishki va yozgi tamaddixonalar boʻlgani haqida maʼlumotlar bor. Ch. rabotlar, bozor, guzarlar va mahallalardagi xushmanzara joylarga qurilgan, ularda choynondan tashqari turli qandqurs, meva qokilar sotilgan, taomlar ham tayyorlangan. Choyxonalar musofirlar, yoʻlovchilar tunab qoladigan joy vazifasini ham bajargan. Oʻtxonali suv qaynatish qurilmasi — rus samovarlari paydo bulishi bilan Choyxona larda choy, albatta samovarda kaynab turgan suvdan damlangan (Ch. ning «samovar» nomi shundan). 20-a. ning 20-y. laridan boshlab sobiq sovet davlatida Choyxonalar «qizil burchaklar» tashkil qilingan targʻibottashviqot, tashkiliy ishlar markaziga aylantirildi. 90-y. lar boshidan qishloq markazlarida, korxonalarda, shahar mahallalari va oshxonalar huzurida ishlab turgan Choyxona larda milliy urfodatlarni tiklash masalalariga alohida eʼtibor berildi. Choyxonalarni milliy uslublarda qurish, bezash va jihozlash, xizmat koʻrsatish, madaniy hordiq chiqarish shartsharoitlari yaratildi. Choyxonalar madaniyat va istirohat bogʻlarining zaruriy unsuriga aylanib, dam oluvchilarga xizmat koʻrsata boshladi.
Toshkentdagi «Salom», «Moviy gumbazlar», «Samarqand», «Fargʻona», «Otalar choyxonasi», Samarqand, Namangan, Qoʻqon sh. dagi namunali Choyxonalar binolari atrof muhit bilan uygʻunlashtirib qurilgan, ularning zamonaviy jihozlanishiga alohida ahamiyat berilgan.
Sulton Xolnazarov.