Choyga taklif

Graf Shaxovskiy va Gyote uchrashuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ancha mashhur. 1802 yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida mashhur shoir grafni choyga taklif qiladi. Shaxovskiy dasturxonda choydan boshqa narsa yoʻqligini koʻrgach, tortinib oʻtirmay, buterbrod va yogʻliroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli kechadi.

Ertasiga knyaz Shaxovskiy bir holdan hayron qoladi: kechagi yeguliklar uchun uning nomiga hisob qogʻozi keltirishadi. Chunki “ziyofat”dan soʻng Gyote ortiqcha pul toʻlashni rad etadi. Axir, u knyazni faqatgina choyga taklif qilgan edi-da!

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonida chop etilgan.

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/choyga-taklif/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x