CHORVOQ GES

CHORVOQ GESChirchiq daryosida, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida joylashgan. Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. GESda umumiy quvvati 620,5 MVt boʻlgan 4 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1963-y. da boshlangan. 1970-y. 1 dek. da quvvati 150 MVt boʻlgan radial turbinali 1gidroagregat, 1972-y. da oxirgi — 4gidroagregati ishga tushirilgan. GESdan 220 kV li uzatish liniyalari orqali sanoat korxonalari elektr quvvati bilan taʼminlanadi. Oʻrta Osiyo «Energiya» birlashgan energetika tizimiga ulangan. 2003-y. da 2470,1 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x