CHORUXDAYRON VOLFRAM KONI

CHORUXDAYRON VOLFRAM KONITojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Xoʻjand sh. dan 18 km shim. da Qoramozor togʻlarida, Qurama antiklinali sistemasidagi Moʻgʻultogʻ antiklinalining shim. sharqiy qismida joylashgan. Rudalarning mineral tarkibi — skapolit, sheyelit, apatit, molibdenit, xalkopirit, kamroq piritdan iborat. Morfologiyasi boʻyicha kondagi ruda tanalari, har xil oʻlcham va qalinlikdagi tomirli va tomirsimon jismlardan tarkib topgan. Choruxdayron volfram koni, asosan, qazib olingan boʻlib, parametrlari boʻyicha oʻrtacha konlarga mansub.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x