CHORLASH

CHORLASH, chaqiriq — Turkiston xalklarida nikoh toʻyidan soʻng kelin yoki kuyov sharafiga har ikki kuda uyida oʻtkaziladigan 1chaqiriq, ziyofat, marosim. Oʻzbeklarda kelin Chorlash (chorlar) toʻydan keyin bir hafta ichida kelinning oʻz otaonasinikiga kuyovning yaqin qarindoshlari, qoʻniqoʻshnilari bilan mehmon boʻlib borishidir (erkaklar ishtirok etmaydi). Bunda kuyovning onasi qudasinikiga har xil sovgʻalar, milliy taomlar, shirinlik va b. keltiradi. Kelinning onasi ziyo fat tugagach, ayol kudalarga sovgʻa, qiziga esa boshoyoq sarpo qoʻyadi. Chorlash bilan qudalarning rasmiy qarindoshchiligi boshlangan. Kuyov Chorlash (chaqiriqda) 1 farzand koʻrgunga qadar kuyov yaqin qarindoshurugʻlari, mahalladagi eʼtiborli kishilar, doʻstlari (faqat erkaklar) bilan qaynatasinikiga boradi. Kuyovning qaynatasi oʻz imkoniyatiga yarasha kuyoviga va uning qarindoshlariga sovgʻalar beradi. Hozirda Chorlash marosimi yoʻqolib bormoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x