CHORGOH

CHORGOH (fors—toʻrt va joy, oʻrin) — 1) Oʻn ikki maqom tizimidagi 24 shoʻbalardan birining nomi. Tovushqatori 2 butun (204 va 180 sent) va yarim ton (114 sent) oraligʻida joylashgan pardalar tuzilmasiga asoslangan. Oʻtmishda bastakorlar Chorgohning pardalari negizida turli shakl va janrlarda asarlar yaratishgan. Chorgoh makom yoʻllari hoz. kunga kadar xilmaxil ijod va ijro uslublari orkali bizgacha yetib keldi. Muayyan maqom yoki shoʻba tovushqatorining toʻrtinchi pardasi ham Chorgoh deyiladi. Musiqa ijodkorlari tomonidan xar xil maqom va shoʻbalarga tayangan holda Chorgoh nomida kuy va ashulalar bitilgani maʼlum. Mac, «Chorgohi Ajam» (Ajam shoʻbasining Chorgohi) kabi. Bu asar Oʻrta ayerlarda 24 murakkabotning biri sanalgan;

2) Shashmaqom hamda Xorazm maqomlari majmuasidagi Dugoh makrmida tarkibiy cholgʻu kuy va ashula yoʻllari: «Muxammasi Chorgoh», «Talqini Chorgoh», «Nasri Chorgoh», «Ufari Chorgoh», «Savti Chorgoh», «Talqinchai Savti Chorgoh», «Qashqarchai Savti Chorgoh», «Soqiynomai Savti Chorgoh», «Ufari Savti Chorgoh». Ular parda tuzilishining dastlabki toʻrt pogʻonasi Oʻn ikki makom Chorgoh shoʻbasiga moye keladi. Chorgoh maqom yoʻllari yorqin va yoqimli yangraydi, tinglovchida xush kayfiyat uygʻotadi. Chorgoh shoʻbalarining oʻzgacha uslubiy yoʻllari ham yaratilgan. Chunonchi, Toshkent, Fargʻonada mashhur Chorgoh ashula yoʻllari, «Yovvoyi Ch.», surnay kuylari, Sodirxon Hofiz (Bobosharifov) yaratgan «Chorgohi Munojot» shular jumlasidan. Mazkur vohalarda mashhur Ch. yoʻllari 5 qismli yirik shakldagi ashula turkumidan iborat. «Chorgoh1» saraxbor, «Ch.2» tarona, «Ch. Z» savt, «Ch.4» qashqarcha, «Ch.5» va Ch.6» ufar doyra usullari asosida ishlangan;

3) Eron dastgohlari, ozarbayjon mugʻomlari va uygʻur muqomlaridan birining nomi. Mazkur Ch. larning parda tuzilishi birbiriga yaqin boʻlsada, kuyohanglari, usul va uslublari uz milliy va mahalliy musiqasiga xosdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x