CHOR BAKR

CHOR BAKR — Buxoroda yashab oʻtgan (9—10-a. lar) mashhur toʻrt shayx, masavvufnint yirik namoyandalari. Chor Bakr larning ajdodlari paygʻambar Muhammad (sav)ning nabirasi Imom Husaynta borib taqaladi. Ular Ali avlodlaridan 4imom boʻlgan Jaʼfar asSodiqning nevaralari hisoblangan.

Abu Bakr Saʼd, Abu Bakr Axmad ibn Xoja Saʼd Yamaniy (9-a. oxiri — 971), Buxoroda tugʻilgan. Uning otasi Xoja Saʼd Yamaniy imom Husaynning Zaynulobidin ismli oʻgʻlining farzandi boʻlib, u Buxoroga Ali ibn alHusayn bilan birgalikda kelib krlgan (9-a. ning soʻnggi choragi). Narshaxiyning yozishicha, somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Joʻyi Moʻliyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Saʼd Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogʻida chorbogʻ, bogʻ, sardoba, tegirmon, hovuz va b. binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Saʼd va uning avlodlari somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Saʼd otasi vafot etgach, uning oʻrniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fikd maktabini tashkil etib, koʻplab ulamolarga ustozlik qilgan.

Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Jaʼfar alBuxoriy (9-a. ning 2yarmi — 937), Imom Jaʼfar asSodiq avlodidan. Somoniylar davrida Buxoroga kelib qolgan. Uning «Musnadi Fazl» kitobi ayniqsa mashhur boʻlib, bu asar Chingizxon Buxoroni bosib olganda yondirib yuborilgan.

Abu Bakr Muhammad, Abu Bakr Muhammad ibn Hamid (9-a. ning 2yarmi — 937). Unga «shayx ul olam» unvoni berilgan. U Abu Bakr Fazl bilan bir yilda vafot etgan va ikkalasining qabrlari xam bir joyda yonmayon joylashgan.

Abu Bakr Tarxon, Imom Abu Bakr Tarxon (9-a. ning 2yarmi — 945). «Kitobi Mullazoda» asarida yozilishicha, u «Jomeʼ va musnad» kitobini yozgan.

Chor Bakrlar Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning kabrlari ustida Abdullaxon II (16-a.) davrida hashamatli maqbara va b. meʼmoriy inshootlar qurilgan (q. Chor Bakr meʼmoriy majmuasi).

Chor Bakrlar shajarasidan 16-a. da Joʻybor xojalari nomi bilan mashhur boʻlgan naqshbandiya tariqatining yirik shayxlari (q. Xoja Muhammad Islom, Xoja Saʼduddin) yetishib chiqqan. Buxorolik shoir Toshpoʻlat Ahmad Ch. B. lar faoliyati haqida «Chor Bakr» (1999) dostonini yozgan.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Gafurova L. G., Kitobi Mullazade, T., 1992; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001; Yoʻldoshev N., Qurbonov H., Buxoro shahri va uning atrofidagi ziyoratgohlar tarixi, Buxoro, 2001.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x