CHOQADAMBULOQ TEMIR KONI

CHOQADAMBULOQ TEMIR KONITojikiston Respublikasining Sugd viloyatidagi kon. Xoʻjand sh. dan 20 km shimsharqda, Qoramozor togʻlarida joylashgan. Ruda qamrovchi metasomatitlar (skarnlar) amfibolitlanish, epidotlanish, xloritlanish, karbonatlanish, kvarslanish va b. oʻzgarishlarning koʻp qavatli namoyonlarini oʻzida aks ettiradi. Choqadambuloq temir koni skarnmagnetitli sanoat tipiga mansub. Asosiy rudali minerallari: magnetit, pirit, galenit, sfalerit, xalkopirit, gematit va b. Parametrlari boʻyicha Choqadambuloq temir koni kichik konlar tipiga mansub, ayrim joylarda temir tarkibi yuqori (30—50% dan koʻproq).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x