CHOLOTA QOʻRGʻOSHIN-RUX KONI

CHOLOTA QOʻRGʻOSHIN-RUX KONITojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi kon. Oltintopgan shaharchasidan 1,5 km gʻarbda, Qoramozor (Qurama togʻlarining gʻarbiy tarmogʻi) ning jan. gʻarbiy qismida joylashgan. 1940-y. da ochilgan. Uning geologik tuzilishida terrigen, choʻkindivulkanogen, karbonat xamda choʻkindivulkanogen yotqiziqlar mavjud. Cholota rudali maydoni Cholota, Oltintopgan va Otquloq yoriqlaridan hosil boʻlgan tektonik blokni tashkil qiladi. Qoʻrgʻoshinrux ruda minerallari, asosan, skarnlar ichidan oʻrin olgan. Ruda tarkibida, asosan, pirit, pirrotin, sfalerit, galenit, xalkopirit, baʼzan magnetit, gematit va b. bor. Konda, qoʻrgʻoshin va ruxdan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan kumush, kadmiy mavjud. Ruda jismlarining uz. 200—700 m, qalinligi 4,4—7,2 m. Qoʻrgʻoshinning tarkibi: rudali tanalarda 2,12% dan 0,96% gacha.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x