CHOKARDIZA

CHOKARDIZA — tarixiy mavze. Samarkand sh. ning Registon majmuasi yakinida, hoz. Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Ilk oʻrta asrlarda (5—7-a. lar) bu yerda harbiy istehkom boʻlgan. Chokardiza — «chokar» — jangchi va diza — qalʼa, yaʼni «jangchilar qalʼasi»dan olingan. Qalʼa yaqinidan Chokardiza kanali ham oʻtgan, u 1220-y. gacha «Joʻyi Arziz»ga ulanib, Samarqandni suv bilan taʼminlab turgan. 9-a. da Chokardizada imom Abu Isʼhoq ibn Ibrohim ibn Sammosi Mutavaʼiyning bogʻi, oʻrtasida esa masjid boʻlgan. Imomning oʻzi ham shu yerga dafn etilgan. Keyinchalik Chokardiza musulmon olamining eng tabarruk qabristonlaridan biriga aylangan. Chokardizada mashhur imomlar Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad anNasafiy va b. dafn etilgan. 2000-y. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Chokardizada katta taʼmirlash ishlari oʻtkazilib, Moturidiy yoʻdgorlik majmui bunyod etiddi.

Azim Malikov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x