CHOʻPONZODA

CHOʻPONZODA (taxallusi; asl ismsharifi Bekir Vagap oʻgʻli) [1893.15(27).5, Simferopol uyezdi Argʻun qishlogʻi — 1937.13.10, Boku] — krim-tatar shoiri, adabiyotshunos, turkiyshunos. Choʻponzodaning adabiy faoliyati 1913-y. da «Onang qayda?» dostoni bilan boshlangan. Uning Turkiya, Vengriya, Krim va Kavkazda yozgan sheʼrlari «Boʻron» (1928) toʻplamidan oʻrin olgan. Choʻponzodaning keyingi faoliyati ilmiy yoʻnalish kasb etib, u turkiy xalqlar tili, folklori va yozma adabiyoti masalalariga bagʻishlangan ilmiy asarlar yozgan. U yangi turk alifbosi Bugunittifoq markaziy qoʻmitasiga (1927—29) va Ozarbayjon Xalq maorif komissarligi huzuridagi terminologiya qoʻmitasiga (1929-y. dan) rahbarlik kilgan. Choʻponzoda 1936-y. yozida Ozarbayjonning qishloq joylariga borib, soʻnggi marta dialektologiya va folklorga oid boy materiallar toʻplagan. Choʻponzoda 1926—28 y. larda Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan va oʻzbek folklorshunos, tilshunos, adabiyotshunos olimlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. 1937-y. 28 yanv. da Kislovodovskdagi sanatoriyda davolanayotgan paytida qamoqqa olingan va Bokuga olib kelinib, «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Choʻponzoda 1957-y. 12 okt. da SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan oqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x