CHOʻGʻLANMA LAMPA

CHOʻGʻLANMA LAMPAelektr toki taʼsirida tolasi (simi) choʻgʻlanib nur sochadigan yorugʻlik manbai. Ichidan havosi soʻrilib, choʻgʻlanish jismi (sim) joylangan kolba (lampochka)dan iborat. Baʼzi Choʻgʻlanma lampa larning kolbasi tolaning trasi, yaʼni nur sochishini yaxshilash uchun inert gaz bilan toʻldiriladi. Choʻgʻlanma lampaning tolasi spiral, bispiral (ikki spiral) yoki trispiral (uch spiral) tarzida oʻralgan volfram simdan qilinadi. Choʻgʻlanma lampa yonganda tolasi 2500—3300 K gacha qiziydi; nur sochish quvvati 10—35 lm/ Vt; xizmat muddati 1000 soatgacha. Dastlabki Choʻgʻlanma lampani 1872-y. da A. N. Lodigin ixtiro qilgan. 1879-y. da T. A. Edison uni takomillashtirgan. Choʻgʻlanma lampalar xonalar va maydonlarni yoritishda, kinoproyeksion apparatlarda, konlarda, avtomobillarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x