CHIZIQLI YOZUV — 1) Krit o. ining eng qad. yozuvlari tizimi; A va B turlari farqlanadi. Chiziqli yozuvning B turi (kritmiken boʻgʻin yozuvi)da bitilgan matnlar yunon tili lahjalaridan birini namoyon qiladi. Mil. av. 15— 14-a. larga mansub ushbu matnlar 19-a. oxirlarida Krit o. ida, mil. av. 13-a. ga mansub matnlar esa 1939-y. da Peloponnesning jan. qismida topilgan. Bu yozuvdagi matnlar birinchi marta ingliz olimi A. Evans tomonidan 1909-y. da eʼlon qilingan. Chiziqli yozuvni oʻqishga ingliz olimlari M. Ventris va J. Chedviklar muvaffaq boʻlishgan (1953). Baʼzi olimlarning fikricha, kritmiken yozuvining ayrim unlilarga yoki undosh va unlidan iborat tovush guruxdariga muvofiq keladigan belgilari keyinchalik yunon tiliga oʻzlashtirilgan va moslashtirilgan. Boʻgʻinli kipr yozuvi ham shu yozuv asosida paydo boʻlgan. Chiziqli yozuvning A turi hali oʻqilmagan va uning xindevropa tillari (xalklari)ga aloqadorligi isbotlanmagan;
2) imoishora tili belgilari, «buyum yozuvi» va qisman piktografik yozuvdan keyingi yozuv turlari [ideografik — iyeroglifik, sillabik (boʻgʻinli), fonografik (harftovush) yozuvlar]ning umumiy nomi (yana q. Yozuv).