CHIZELLASH — tuproqqa ishlov berish usullaridan biri; tuproqni yumshatish, aralashtirish, begona oʻtlar ildizini yoʻqotish vazifasini bajaradi. Chizellash uchun tirkama va osma chizellar osma yoki tirkama boronalar bilan birga ishlatiladi. Tuprogʻi ogʻir, yaxob berish yoki shoʻr yuvishda haydalma qatlami zichlashib ketgan yerlarda 1—2-marta Chizellash oʻtkaziladi. Chunki boronalash tuproqni kutilgan darajada yumshatish va uqalantirishga imkon bermaydi. Chizellashni yetilgan tuproq chuqurligi (12—14 sm)da koʻllash lozim. Chizellashda ekishga qadar dalaga mineral oʻgʻitlar solinadigan boʻlsa, ish qurollari ish organlari orasi 25—30 sm qilib, ekish qatoriga nisbatan koʻndalang yoʻnalishda oʻrnatiladi. Chizellash, ayniqsa, kartoshka va b. ildizmevali ekinlarda yaxshi samara beradi, ularning hosiddorligi 15—20% ga oshadi.
Begona oʻtlar kup oʻsgan yerlarni Chizellashda yassi (yotiq) kesmali chizel qoʻllaniladi. Taroqlab yigʻilgan ildizpoyalar dala tashqarisiga chiqarilib, yoqib yuboriladi.