CHIYABOʻRI

CHIYABOʻRI, shaqal (Canis aureus) — yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 71—85 sm, dumi 20—36 sm, ogʻirligi 7—13 kg. Qishda yungi xira sargʻish, kulrang (yelkasida qora aralash), yozda malla rangda, qorasi kam. Dumi mallaqoʻngʻir, uchi qora. Chiyaboʻri daryo va koʻl qirgʻoqlaridagi toʻqay, butazorlarda inda yashaydi; boshqa hayvonlar inidan, tabiiy chuqurchalardan foydalanadi (baʼzan oʻzi uya qaziydi). Mart—mayda 4—9 ta bola tugʻadi. Hammaxoʻr, har xil hayvon hamda oʻsimlik mahsulotlari, oʻlimtiklar va b. bilan oziqlanadi. Shim. Afrika, Jan. Osiyo, JanubiSharqiy Yevropa, Bolqon ya. o. va Arabistonda tarqalgan. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, baʼzan Moldaviyada ham uchraydi. Aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardagi Chiyaboʻrilar oʻlimtiklar bilan oziqlanib, baʼzi yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi va parrandalarni yeb ziyon keltiradi. Moʻynasi sifatsiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x