CHIXACHYOV TIZMASI — Oltoyning jan. sharkidagi togʻ tizmasi. RF Oltoy ulkasi, Tiva Respublikasi xududida, RF bilan MXR chegarasi boʻylab choʻzilgan. Uz. 100 km, eng baland joyi 4029 m. Asosan, qumtosh, slanes, ohaktosh, kristalli slanes va kvarsitlar dan tuzilgan. Kichik muzliklar mavjud. Yon bagʻirlari, asosan, shuvoqli dasht oʻsimliklari bilan qoplangan. Suvayirgʻich qismida toshli tundra mavjud. Tizma rus geografi va geologi P. A. Chixachyov nomi bilan atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые