CHIVIQ

CHIVIQ — 1) texnikada — ingichka va uzun metall tayoq (mac, temirCh). Kesimi, asosan, dumaloq, baʼzan toʻrtburchakli, oltiburchakli, ovalsimon, segmentsimon va trapetsiodal boʻlishi mumkin. Chiviq har xil markali temir, poʻlatdan bolgʻalash, presslash, prokatlash usullarida tayyorlanadi. Chiviqdan plastik deformatsiyalash (bolgʻalash, presslash) yoki kesib ishlash yoʻli bilan turli detallar yasaladi. Pishiq poʻlatdan tayyorlangan egiluvchan, qisiluvchan va choʻziluvchan Chiviq da# temirbeton tayyorlash uchun armatura («qobirgʻa») sifatida foydalanish ham mumkin;

2) daraxtlarning surx novdasi. Mac, tol novdasi;

3) gazlama turiga nisbatan ishlatiladigan atama. Mac, mayda chiziqchiziq yoʻlli gazlama Chiviq gazlama deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x