Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Mashaqqatlar har qancha koʻp boʻlsa ham, baribir uzoq davom etmaydi. Alloh taoloning rahmati kengdir, neʼmati yaqindir. Umidingni uzma, bezovta boʻlma, uning oʻrniga “Ya Hayyu ya Qoyyum, birohmatika astagʻiys” deb duo qil.
“Hikmat durdonalari”
*****
Koʻpchilikning tortishuv, bahs-munozaradan maqsadi haqiqatni bilish emas, oldinga oʻtish, oʻzining ilmli ekanini koʻrsatib qoʻyish boʻlib qolyapti.
*****
Odamlarni rost gapirib qiyin ahvolga solish yolgʻon gapirib ularni rozi qilishdan afzal.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Jim turish maʼnosiz soʻzlarni gapirishdan afzaldir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Yomon aql egalari goʻzal niyatlarni hech qachon oʻzlariga singdirolmaydilar.
Anis Mansur
*****
Chivinlarni oʻldirmang, uning oʻrniga botqoqlarni quriting.
Ali Izzatbegovich
*****
Yiqilib tushmasliging uchun birorta insonga suyanma.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Agar sening zaifliging nuqtasi sadoqat boʻlsa, demak sen dunyodagi eng kuchli shaxs ekansan.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Qalbdan tushganning yana oʻsha qalbga qaytishi dargumon.
“Hikmat durdonalari”
*****
Boʻsh vaqtlarida seni eslaydiganlar bor.
Seni eslash uchun vaqt topadiganlar bor.
Doim boʻsh yursa ham, seni tanib, sendan koʻp yaxshilik koʻrib turib, seni umuman eslamaydiganlar bor.
*****
Oʻzlari Yusufning jamoliga ega boʻlgandek, odamlarning shaklini, tashqi koʻrinishini masxara qiladiganlardan nafslar jirkanadi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Birovga yomonlik qilganingda, u jim boʻlib qolib, sening ozoringga javob qaytarmasa, bilginki, sen unga gapirishga ham istagi, majoli qolmaydigan darajada aziyat beribsan. Allohdan qoʻrq! Baʼzi jim turish – sekin oʻlish demakdir.
“Hikmat durdonalari”
*****
Odamlarning men haqimda yomon gap gapirganlarini aytma. Uning oʻrniga qanday qilib sening oldingda men haqimda yomon gap gapira olganlarini menga tushuntirib ber!
“Hikmat durdonalari”
*****
Seni tushunmaydigan va sening qadringga yetmaydiganlar bilan birga qolma!
“Hikmat durdonalari”
*****
Odamlarga har qancha ishonsang ham, sirlaringni oʻzingda qoldir!
“Hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/chivinlarni-oldirmang-uning-orniga-botqoqlarni-quriting/