CHIUAUA

CHIUAUA — Meksikaning shim. qismidagi shtat. Mayd. 247 ming km2. Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Chiuaua sh. Shtat Meksika togʻligining shim. kismida (eng baland joyi 1000—2000 m), togʻ tizmalari oqmas havzalarni ajratib turadi. Gʻarbida Gʻarbiy SyerraMadre togʻ sistemasi (eng baland joyi 2591 m) joylashgan. Iklimi tropik, quruq iklim, Urtacha oylik tralar 10—15° dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin urtacha 500 mm. Yirik daryosi — Konchos (RioBravodelNorte daryosi havzasida). Dasht va choʻl oʻsimliklari usadi. Mamlakatning muhim konchilik va metallurgiya sanoati rni. Foydali qazilmalardan polimetall va uran rudalari, kumush, simob olinadi. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Sugʻoriladigan yerlarda paxta ekiladi. Chiuaua orqali Markaziy Meksikani AQSH bilan bogʻlaydigan t. y. oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x