CHIRKIN Vasiliy Aleksandrovich

CHIRKIN Vasiliy Aleksandrovich (1884.12.8, Yekaterinburg 1940.10.6, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1936). Moskva filarmoniyasining drama sinfini tugatgan (1910). 1910—12 y. lar Moskva Kichik teatrida, 1917—23 y. lar Moskva Harbiy teatrida, 1924—34 y. lar IvanovoVoznesensk, Kursk, Bryansk, Boku, Sverdlovsk, Qozon teatrlarida ishlagan. 1934-y. Toщkentga kelib, Rus teatri (hoz. Oʻzbekiston rus akademik drama teatri) tashkilotchilaridan va birinchi badiiy rahbari boʻlgan. «Intervensiya» (L. Slavin), «Aristokratlar» (N. Pogodin), «Tubanlikda» (M. Gorkiy), «Telba kun, yoki Figaroning uylanishi» (P. Bomarshe), «Otello» (U. Shekspir), «Momaqaldiroq» (A. Ostrovskiy), «Vanyushin bolalari» (S. Naydyonov), «Pyotr I» (A. Tolstoy), «Boy ila xizmatchi» (Hamza), «Hamlet» (U. Shekspir, M. Uygʻur bilan hamkorlikda) kabi spektakllarga rej. lik qilgan. Yuqori ideallarga ishontirishga harakat qilish, hayot haqiqatining yorqin teatr shakllari bilan uygʻunlashib ketishi, spektakllarga Vaxtangov uslubini singdirishga urinish Chirkin rejissurasiga xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x