CHIRCHIQ OLIY TANK KOMANDIR-MUHANDISLIK BILIM YURTI

CHIRCHIQ OLIY TANK KOMANDIR-MUHANDISLIK BILIM YURTI — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti. 1941-y. da Ukrainaning Xarkov sh. dan Chirchiq sh. ga evakuatsiya qilingan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi: tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash; jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari; havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash; havo hujumidan mudofaa qoʻshinlarining boʻlinma, qism va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash. Ularga «leytenant» ofitserlik unvoni va malakasiga muvofiq muhandislik diplomi beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x